Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot
kimyo haftaligi

2024-yil 27-may 1-iyun kunlari

Yangiliklar

“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumi oʻtkazildi

Joriy yilning 27-may - 1-iyun kunlari “Oʻzkimyosanoat” Aksiyadorlik jamiyati, tizim korxonalari hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohida” “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” ilmiy-intellektual xakatoni boʻlib oʻtdi. Mazkur xakaton “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” kimyo haftaligi doirasida oʻtkazildi.

“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumi ishtirokchilari uchun madaniy tadbir boʻlib oʻtmoqda.

Unda el suygan ijodkorlar, Oʻzbek milliy akademik teatri namoyondalari va "Maxam-Chirchiq" AJ Madaniyat saroyi sana'tkorlari ham ishtirok etishmoqda.

Rahbar va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda

“Oʻzkimyosanoat AJ” boshqaruv raisining oʻrinbosari Akobir Toʻxtayev “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumi ishtirokchilar bilan uchrashdi. Unda shuningdek, tarmoq korxonalari va bir qancha oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ham ishtirok etishmoqda.

Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi ishtirokchi xotin-qizlari bilan uchrashdi

Milliy va zamonaviy ruhda o‘tgan nooadatiy va samimiy uchrashuvda xotin-qizlarning zukkolligi va intellektual salohiyati vа faolligini oshiruvchi tanlovli oʻyinlar boʻlib oʻtdi.

“Eng yaxshi innovatsion gʻoya” koʻrik-tanlovi loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda

“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumining eng muhim tanlovi boʻlgan “Eng yaxshi innovatsion gʻoya” koʻrik-tanlovi yosh mutaxassislarning yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, sanoatda tejamkor texnologiyalarni samarali qoʻllash, tabiat resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

”Zakovat” intellektual oʻyini gʻoliblari aniqlandi.

Bugun 24 ta jamoa “Rahbar kubogi” uchun bahs olib bordi.

Xotin-qizlar uchun psixologik seminar-trening tashkil etildi

“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumida malakali psixolog Goʻzal Utabekova hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi masʼul xodimi Nodira Karimovalar ishtirokchi xotin-qizlar bilan uchrashishdi.

“Taym-menejment- hayot sifatini oshirish” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Shaxsiy rivojlanishga bagʻishlangan seminar-treninglar davom etmoqda.

“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” ilmiy-intellektual forumining 3-kungi mashgʻulotlari ham boshlandi.

“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” ilmiy-intellektual forumining 3-kungi mashgʻulotlari ham boshlandi.

Voleybol musobaqalari natijalari

Voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ yigitlari korxona sharafini munosib himoya qilishdi va 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Shaxmat va shashka musobaqalari natijalari

Kun davomida shaxmat va shashka sport turlari boʻyicha “Rahbar kubogi” turniri ham oʻtkazildi.

Armrestling musobaqalari natijalari

Armrestling musobaqalari ham qizg'in bahslarga boy o'tdi.

Stol tennisi boʻyicha musobaqalar natijalari

“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumida ishtirokchilar sport musobaqalarida oʻz korxonalari shaʼnini munosib himoya qilishdi.

“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” ilmiy-intellektual xakatonining 2-kunda bo'lib o'tgan tadbirlardan fotoreportaj

Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” kimyo haftaligi doirasida oʻtkazilayotgan “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” ilmiy-intellektual xakatonining 2-kunda bo'lib o'tgan tadbirlardan fotoreportaj.