Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot
kimyo haftaligi

2024-yil 27-may 1-iyun kunlari
2024-yil 28-may

“Notiqlik sanʼati” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Jurnalist, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti oʻqituvchisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Aisha Xushnazarova yoshlar uchun ijtimoiy tarmoqlarda mediamadaniyat, taqdimot qilish, oʻz fikr-mulohazalarini aniq va ravon yetkazib berish borasida maʼruza qildi. 

Trening mashqlar va ishtirokchilar bilan oʻzaro suhbatlar orqali qiziqarli oʻtdi.

Shuningdek, biznes boshqaruv, investitsiya loyihalarini boshqarish, taym menedjment bo'yicha mahorat darslari o'tkazilishi ham ko'zda tutilgan.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati